«Benfika» va Norvegiya terma jamoasi vingeri Andreas Shelderup faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda A BOLA nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenhem» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shelderupning o'zi ham JCH-2026dagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng faoliyatida yangi bosqichni boshlashga tayyor.
Qayd etilishicha, «Benfika» futbolchini kamida 40 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Garchi uning klub bilan shartnomasi yana ikki yil amal qilsa-da, Lissabon klubi narxni pasaytirishni rejalashtirmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Shelderup barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.