«Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Maksans Lakrua faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi yaqin kunlarda Lakrua transferi bo'yicha «Kristal Pelas»ga rasmiy taklif yuboradi. «Chelsi» futbolchining narxini pasaytirish maqsadida o'z himoyachisi Trevo Chalobani ham ushbu bitimga qo'shishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Lakruaning o'zi allaqachon «Chelsi»ga o'tishga rozilik bergan. Hozirda «Kristal Pelas» 26 yoshli himoyachini 55 million yevroga baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Lakrua barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.