Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 yarimfinalida Ispaniyaga qarshi uchrashuv oldidan jarohatidan to'liq tiklanishga ulgurmadi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchini Marokashga qarshi chorakfinal bahsida jarohat olgan o'ng to'pig'i hanuz bezovta qilmoqda. Mbappe so'nggi mashg'ulotlarda jamoadan alohida shug'ullangan va to'p bilan ishlamagan.
Shunga qaramay, u yarimfinal uchrashuvini asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham ham Mbappe Ispaniyaga qarshi maydonga tusha olishini tasdiqladi. Hujumchi Marokash bilan uchrashuvning 77-daqiqasida to'pig'idagi yengil jarohat sabab almashtirilgan edi.
Mbappe JCH-2026da hozirgacha barcha 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.