Bugun
13
O'zbek

De la Fuente: «Buyuk yutuqlar qurbonliksiz bo'lmaydi, Ispaniya bunga tayyor»

Futbol
14 iyul, 09:00
Ispaniya bosh murabbiyi Fransiyaga qarshi yarimfinal oldidan jamoasining kayfiyati haqida gapirdi.
De la Fuente: «Buyuk yutuqlar qurbonliksiz bo'lmaydi, Ispaniya bunga tayyor»
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 yarimfinalida Fransiyaga qarshi bahs oldidan futbolchilarining ruhiy holatiga baho berdi.

«Yuliy Sezar: «Buyuk yutuqlar azob-uqubatsiz bo'lmaydi», degan edi. Agar biror narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, nimadandir voz kechishingizga to'g'ri keladi. Biz bunga tayyormiz.

Men har kuni futbolchilarga bitta gapni aytaman: biz bundan ham kuchliroq bo'la olamiz. Chunki biz allaqachon juda yaxshi jamoamiz», — dedi De la Fuente.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 yarimfinalidagi Fransiya — Ispaniya uchrashuvi bugun, 14 iyul kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar