49 yoshli boks bo‘yicha 5 ta vazn toifasi sobiq chempioni, amerikalik Floyd Meyvezer Portugaliya milliy jamoasining 41 yoshli forvardi Krishtianu Ronaldu haqida hurmat bilan fikr bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finali doirasida Ispaniyaga imkoniyatni boy berib (0:1), musobaqani tark etgandi.
«Mening ukam, seni ajoyib faoliyating va erishgan yutuqlaring bilan tabriklayman. Futbol uchun sen amalga oshirgan ishlar hech qachon unutilmaydi. Sen butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga umid berding va sportning bu turini o‘zgartirib yubording. Ko‘p yillar davomidagi mehnating, intizoming, barqarorliging va buyukliging — afsonalar mana shunday dunyoga keladi. Bu sport turiga bergan hamma narsang uchun cheksiz hurmatimni bildiraman. Oldinda seni kutayotgan barcha-barchasida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shunday buyuk bo‘lib qol, chempion. Sen o‘z noming bilan bog‘liq har bir hurmatli so‘zga loyiqsan. Doim muhabbat va hurmat bilan, Floyd», — deb yozdi Meyvezer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.