Live
1
O'zbek

JCH-2026dan chetlatilgan niderlandiyalik hakam 38 yoshida vafot etdi

Futbol
14 iyul, 06:15
Niderlandiyalik FIFA referisi Rob Diperink hayotdan ko‘z yumdi.
JCH-2026dan chetlatilgan niderlandiyalik hakam 38 yoshida vafot etdi
Foto: Getty Images

Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.

38 yoshli Rob Diperink jahon chempionati-2026 musobaqasidan chetlatilgach, bir necha hafta o‘tib vafot etdi.

FIFA referisi Diperink asosan Eredivizi o‘yinlarini boshqarib borgan. Jahon chempionati-2026 hakamlari ro‘yxatidan chiqarilgan Rob aprel oyida Londonda voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib, poytaxt politsiyasi tomonidan hibsga olingandi – keyinchalik ish to‘xtatilgan edi.

Gollandiya politsiyasi Diperinkning o‘lishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda, o‘lim sababi hozircha ma’lum emas.

Niderlandiya futbol federatsiyasi mazkur holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, «hayratda va chuqur qayg‘uda ekanligini ma’lum qildi».

«Biz hakam Rob Diperinkning vafot etganidan hayratda va chuqur qayg‘udamiz. Uning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Ushbu og‘ir judolikni yengib o‘tishda ularga kuch va madad tilaymiz», - deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar