Slaven Bilich yana Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
Avvalroq xorvatlar JCH-2026 1/16 finalida Portugaliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, turnir bilan xayrlashgan va shundan so'ng Zlatko Dalich 9 yildan keyin milliy jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etgandi.
«Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) prezidenti Marian Kustichning taklifiga binoan, Ijroiya qo'mita bir ovozdan Slaven Bilichni Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashga qaror qildi.
Zlatko Dalich ketgach, 2006-2012 yillarda ham jamoani boshqargan Slaven Bilić yana Xorvatiya milliy jamoasiga ustozlik qiladi.
Qaror Xorvatiya futbol federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan qabul qilindi. Ijroiya qo'mita yig'ilishidan oldin federatsiya ekspertlar komissiyasi ham prezident Kustichning taklifini to'liq qo'llab-quvvatladi», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Slaven Bilich faoliyati davomida «Lokomotiv», «Beshiktosh», «Vest Hem», «Al Ittihod» va boshqa klublarda ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Slaven Bilich — Xorvatiya bosh murabbiyi
Futbol
13 iyul, 07:55
57 yoshli mutaxassis ikkinchi bor milliy jamoani boshqaradi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi