Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) o'zining rasmiy saytida Zlatko Dalichning milliy jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ketganini e'lon qildi.
Shu tariqa, 59 yoshli mutaxassis qariyb to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng milliy jamoani tark etdi.
«Kamtarona kelish. Unutilmas sayohat. Mag'rur xayrlashuv. Barchasi uchun — g'alabalar, yutuqlar, saralashlar, medallar, birlik, hurmat va Xorvatiya uchun maydonda ham, uning tashqarisida ham kurashishga bo'lgan cheksiz sadoqatingiz uchun rahmat. Natijalar sizning murabbiylik fazilatlaringizdan dalolat beradi. O'yinchilar, xodimlar va raqiblar tomonidan qozongan hurmatingiz esa sizning qanday inson ekanligingizdan dalolat beradi», — deyiladi federatsiya bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Dalich Xorvatiya milliy jamoasini 2017 yilning oktabr oyida qabul qilib olgan. Uning boshchiligida jamoa 2018 yildagi jahon chempionatining kumush, 2022 yildagi jahon chempionatining bronza va 2023 yildagi Millatlar ligasining kumush medallarini qo'lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi