Misrlik futbolchi Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etganidan so'ng faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kaya Temel xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 34 yoshli vingerni Istanbulning «Beshiktosh» klubi o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Ayni paytda Salohning agenti Turkiya poytaxtida bo'lib, ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Saloh 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin «Liverpul»ni tark etdi. O'tgan mavsum u mersisaydliklar safida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta assist amalga oshirdi.