Live
1
O'zbek

"Beshiktosh" O'zjan transferini e'lon qildi

Futbol
10 iyul, 02:15
Yarimhimoyachi "Borussiya"ni tark etib, vataniga qaytdi.
"Beshiktosh" O'zjan transferini e'lon qildi
Foto: Besiktas JK

Solih O'zjan faoliyatini vatanida davom ettiradi.

28 yoshli yarimhimoyachi "Borussiya D"ni erkin agent sifatida tark etdi va "Beshiktosh" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkin.

Turkiyalik futbolchi o'tgan mavsumda Bundesligada atigi 11 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'zjan faoliyati davomida "Volfsburg", "Kyoln" va "Holshteyn Kil" jamoalarida ham to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar