Andre Onana yana bir mavsumni «Trabzonspor» tarkibida o'tkazadi.
Turkiya klubi «Manchester Yunayted» bilan 30 yoshli darvozabonni yana ijara asosida olish bo'yicha kelishuvga erishganini rasmiy e'lon qildi.
O'tgan mavsumda kameruniyalik posbon Turkiya chempionatida «Trabzonspor» safida 29 ta bellashuvda maydonga tushib, 35 bor to'p o'tkazib yuborgan.
Ma'lumot o'rnida, «MYU» Onanani 2023 yili «Inter»dan 50,2 million yevroga sotib olgandi.
«MYU» Onanani yana ijaraga berdi
Futbol
3 iyul, 19:55
Kamerunlik posbon yangi mavsumni ham Turkiya chempionatida o'tkazadi.
Foto: Getty Images