Bugun
16
O'zbek

«Latsio» Pedrasani oʻz safiga qoʻshib oldi

Futbol
3 iyul, 22:00
«Vilyarreal» bilan xayrlashgan himoyachi Rim klubiga oʻtdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Latsio» Pedrasani oʻz safiga qoʻshib oldi
Foto: Lazio

Alfonso Pedrasa «Latsio» futbolchisiga aylandi.

Italiya klubi 30 yoshli himoyachi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi. Tomonlar 3 yillik kelishuvga erishdi.

Ispaniyalik futbolchi bungacha 15 yil davomida «Vilyarreal» tizimida oʻynagan. U oʻtgan mavsumda La Ligada 27 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgani va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgani ma'lum.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar