Luis Milya "Xetafe"dan "Komo"ga o'tdi.
Italiya klubi 31 yoshli yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
Sky Sport yozishicha, transfer qiymati 6 million yevroni tashkil etgan.
Milya o'tgan mavsumda La Ligada 37 o'yinda 1 gol va 10 golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'yib, "Xetafe"ning eng yaxshi assistenti bo'lgandi.
"Komo" "Xetafe"ning eng yaxshi assistentini sotib oldi
Futbol
2 iyul, 15:25
31 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
Foto: FC Como