Italiyaning «Komo» klubi «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobani transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif yubordi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «Komo»ning 25 million yevrolik taklifi London klubi tomonidan qabul qilinmagan. «Chelsi» futbolchini yuqoriroq narxda sotishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» Chalobaga boshqa klublar ham qiziqish bildirayotganidan xabardor. Xususan, Milaning «Inter» klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va transfer imkoniyatini o‘rganmoqda.
Trevo Chalobaning kelajagi yozgi transfer oynasining muhim mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda.