Bugun
28
O'zbek

Kempes: «Messi barchani hayratda qoldirdi»

Futbol
27 iyun, 14:54
Argentina afsonasi 39 yoshli hujumchining JCH-2026dagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kempes: «Messi barchani hayratda qoldirdi»
Foto: Getty Images
03.07.2026, 18:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina - : - Kabo-Verde Kabo-Verde

1978 yilgi jahon chempioni Mario Kempes Lionel Messining JCH-2026dagi o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu aql bovar qilmaydigan darajada. Hech kim bunday natijani kutmagandi. Ko‘pchilik Messi va Skaloni uning maydonda qancha vaqt o‘ynashini birgalikda hal qiladi, deb o‘ylagandi. Ammo u o‘zinikilarni ham, raqiblarni ham hayratda qoldirdi. Ikki o‘yinda beshta gol urish va buni 39 yoshda amalga oshirish — bu kutilmagan natija.

Uni tasvirlashga so‘z topish qiyin. Messi yana Argentinani eng yaxshi tarzda namoyish etmoqda. Bundan tashqari, u maydonda ajoyib xarakterga ega. O‘yinni mukammal o‘qiydi, vaziyatlarni sovuqqonlik bilan yakunlaydi va jamoa, ayniqsa gollar borasida, hanuz ko‘p jihatdan unga tayanadi», — dedi Kempes.

Afsonaviy hujumchi Messining muvaffaqiyati siri haqida ham fikr bildirdi.

«U har qachongidan ham tetik ko‘rinmoqda. Turnirga ulkan ishtiyoq bilan keldi va vaziyatlardan juda samarali foydalanmoqda. Messi avvalgidek ko‘p yugurmaydi, ammo o‘yinni ajoyib o‘qiydi. U doimo qayerda bo‘lishi kerakligini biladi va raqiblar yo‘q hududni topa oladi», — deya qo‘shimcha qildi Kempes.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar