Live
2
O'zbek

«Liverpul» Bruno Gimaraesh bo‘yicha «Nyukasl» bilan bog‘landi

Futbol
27 iyun, 15:40
Mersisayd klubi braziliyalik yarimhimoyachi transferi yuzasidan dastlabki qadamni tashladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Liverpul» Bruno Gimaraesh bo‘yicha «Nyukasl» bilan bog‘landi
Foto: Getty Images

«Nyukasl» yarimhimoyachisi Bruno Gimaraesh yozgi transferlar oynasida «Liverpul»ning asosiy nishonlaridan biri bo‘lib turibdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi bo‘yicha «Nyukasl»dan ma'lumot so‘ragan. Biroq ayni paytda klublar o‘rtasida faol muzokaralar olib borilmayapti.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» avvalroq 28 yoshli braziliyalik yarimhimoyachining vakillari bilan ham muloqot qilgan, ammo hozircha rasmiy taklif yubormagan.

Ta'kidlanishicha, Gimaraesh uchun kurashda hozircha «Arsenal» oldinda bormoqda. Shunga qaramay, «Nyukasl» o‘zining yetakchi futbolchisini jamoada saqlab qolishni istamoqda.

Bruno Gimaraesh o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar