«Arsenal» klubi «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonalini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgiladi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, «to'pchilar» yaqin kunlarda «qarg'alar»ga italiyalik futbolchi uchun qariyb 93 million yevro miqdorida rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
Bu orqali londonliklar «Nyukasl»ning pozitsiyasini bilib olishni istamoqda. O'z navbatida klub Tonalini jamoada saqlab qolishni istamoqda.
O'tgan mavsumda Sandro barcha turnirlarda 53 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Nyukasl» bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.
Avvalroq Tonali transferi bo'yicha muzokaralarni «Manchester Siti» ham olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.