Bugun
28
O'zbek

«Arsenal» va «Atletiko» Alvares bo‘yicha futbolchilar almashuvini muhokama qilmoqda

Futbol
27 iyun, 14:13
Madrid klubi argentinalik hujumchi transferiga futbolchilarni ham qo‘shishni taklif qilgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Arsenal» va «Atletiko» Alvares bo‘yicha futbolchilar almashuvini muhokama qilmoqda
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, «kanonirlar» ispaniyaliklar tomoniga dastlabki transfer taklifini yuborgan va muzokaralar davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Atletiko» transfer narxini kamaytirish maqsadida futbolchilar almashuvini ham ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar Gabriel Martinelli, Gabriel Jezus va Leandro Trossard nomzodlarini muhokama qilgan.

Shuningdek, Madrid klubi Viktor Gokeresh va Itan Nvaneri bo‘yicha ham ma'lumot so‘ragan.

Qayd etilishicha, «Arsenal» sport direktori Andrea Berta uchun Xulian Alvares yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Agar «Atletiko» argentinalik hujumchini sotishga qaror qilsa, klub futbolchining aynan «Arsenal» yoki «PSJ»ga o‘tishini ma'qul ko‘rmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar