«Roma» va Ukraina milliy jamoasi hujumchisi Artyom Dovbik yana Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, «Betis» klubi 28 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Sevilya klubi Dovbikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Artyomga Ispaniyaning yana bir klubi — «Vilyarreal» ham qiziqish bildirmoqda. E'tiborli jihati, har ikki jamoa ham o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, kelasi mavsumgi Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Dovbik 2024 yildan buyon «Roma» sharafini himoya qilib kelmoqda. U bundan avval «Jirona» safida muvaffaqiyatli o'yinlari bilan Ispaniya chempionatida o'z nomini tanitgan.
Ukrainalik hujumchining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.