Live
2
O'zbek

Ibrahimovich: «Ular butun bir xalqning orzusini o‘g‘irladi»

Futbol
27 iyun, 16:06
Shvetsiyalik afsona Eronning bekor qilingan goli yuzasidan VARni keskin tanqid qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ibrahimovich: «Ular butun bir xalqning orzusini o‘g‘irladi»
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Misr Misr 1 : 1 Eron Eron

Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich JCH-2026 guruh bosqichida Misr va Eron (1:1) o‘rtasidagi bahsda Eronning bekor qilingan goliga munosabat bildirdi.

«Odamlar nega VARga ishonmay qo‘yayotganining sababi mana shu. Bizga bu tizim yaqqol hakamlik xatolarini bartaraf etish uchun yaratilgani aytilgandi. Ammo u futbolning eng katta sahnasida yanada ko‘proq bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat.

Takroriy lavhani qayta-qayta ko‘rdim, ammo hamon qanday qilib ofsayd qayd etilganini tushunmadim. Agar mamlakat taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan golni bekor qilayotgan bo‘lsangiz, bunga 100 foiz ishonchingiz bo‘lishi kerak, monitorga qarab taxmin qilishingiz emas.

Millionlab eronliklar tarixiy lahzani nishonlayotgandi. Ammo bir necha soniya ichida hakamlar brigadasi ularning quvonchini tortib oldi. Ular shunchaki golni bekor qilishmadi, balki butun bir xalqning orzusini o‘g‘irlashdi», — dedi Ibrahimovich.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 90+3-daqiqasida Shoja Xalilzoda Misr darvozasini ishg‘ol qilgandi. Biroq bosh hakam Shimon Marchinyak VAR tavsiyasidan so‘ng golni ofsayd sabab bekor qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Misr Misr
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar