"Manchester Siti" klubi Elliot Andersonning transferini e'lon qilishga juda yaqin.
The Athletic jurnalisti David Ornshteyn xabar berishicha, angliyalik 23 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Futbolchi yangi jamoasida haftasiga taxminan 350 ming yevro maosh oladi. Bu esa klubda eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.
O'tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 75 million yevroni tashkil etadi.