"Nyukasl" yarimhimoyachisi Sandro Tonali faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Telegraph Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" vakillari Tonalining agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Biroq klub hozircha rasmiy taklif bilan chiqmadi. "Manchester Siti" "Nottinghem Forest"dan Elliot Andersonning transferi yakunlanganidan so'ng bitimga faol kirishishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Londonda "Tottenham" klubi ham Tonalini qo'lga kiritishga harakat qilmoqda.
O'tgan mavsumda Tonali barcha turnirlarni hisobga olgan holda 53 ta uchrashuvda ishtirok etdi, uchta gol urdi va ettita samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali mutaxassislari o'yinchini 80 million yevroga baholamoqda.