Bugun
28
O'zbek

Potter: «Fransiyaga qarshi o‘yin bolalikdagi orzum edi»

Futbol
27 iyun, 13:32
Shvetsiya bosh murabbiyi pley-offda sensatsiya qayd etishga ishonmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Potter: «Fransiyaga qarshi o‘yin bolalikdagi orzum edi»
Foto: Getty Images
30.06.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Shvetsiya Shvetsiya

Shvetsiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter JCH-2026 1/16 finalida Fransiyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shvetsiya guruh bosqichini 4 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Fransiya esa barcha uchrashuvda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

«Bu bolaligimizdan orzu qiladigan uchrashuv. JCH pley-offida Nyu-Jersida Fransiyaga qarshi o‘ynashdan kattaroq sahna bo‘lmasa kerak. Ular dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Albatta, ularga katta hurmat bilan qaraymiz, ammo bu bahsni intiqlik bilan kutyapmiz», — dedi Potter.

Murabbiy Fransiya milliy jamoasi tarkibiga ham yuqori baho berdi.

«Ularning har bir chizig‘ida jahon darajasidagi futbolchilar bor. Ular avval ham Jahon chempioni bo‘lgan va g‘alaba qozonishni yaxshi biladigan murabbiyga ega. Bu juda katta sinov. Ammo Jahon chempionati pley-offida aynan shunday raqiblarga qarshi o‘ynash tabiiy hol», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, Fransiya milliy jamoasi pley-offga ketma-ket to‘rtta g‘alaba bilan yetib keldi. Didye Desham jamoasining hujum chizig‘ida Kilian Mbappe, Maykl Olise va Usmon Dembele kabi yulduzlar harakat qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar