Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham AQShga qaytdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.
Avvalroq murabbiy onasining vafoti munosabati bilan milliy jamoa bazasini tark etgan va Fransiyaga qaytgandi.
Uning yo'qligida Fransiya jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Norvegiyani 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bu o'yinda uning yordamchilari jamoani boshqarishdi.
«Uch ranglilar» guruhni 9 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi va pley-offga yo'l oldi. Endilikda ular pley-offda Shvetsiyaga qarshi bellashadi.