Bugun
28
O'zbek

Dembele: "Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz, oldinda juda muhim o'yinlar turibdi"

Futbol
26 iyun, 21:00
Fransiyalik futbolchi Norvegiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Dembele: "Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz, oldinda juda muhim o'yinlar turibdi"
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 4 Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi futbolchisi Usmon Dembele jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Norvegiyaga qarshi o'yin (4:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu men uchun o'zig'a xos va muhim lahza. Eng muhimi — e'tiborni yo'qotmaslik. Oldinda juda muhim bahslar turibdi.

Men o'zimni ham maydonda, ham jamoada juda yaxshi his qilyapman. Biz jamoa haqida o'ylashimiz kerak.

Norvegiya bu o'yinga tarkibda katta o'zgarishlar bilan chiqqandi. Biz g'alaba qozonishimiz va e'tiborimizni yo'qotmasligimiz lozim. Eng muhimi hali oldinda. Xotirjamlikka berilish mumkin emas.

Bu guruhda 1-o'rinni egallash uchun juda muhim o'yin edi. Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz.

Oldindagi uchrashuvlar ham juda muhim, shuning uchun diqqatimizni jamlashimiz kerak. Maydonda ham, zaxira o'rindig'ida ham sifatli futbolchilarimiz bor.

O'zaro muloqot orqali bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunyapmiz. Shu ruhda davom etishimiz kerak", — dedi Dembele M6 telekanali efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar