Bugun
9
O'zbek

Dembele JChda 32 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi

Futbol
26 iyun, 16:50
Fransiyalik hujumchi Norvegiya darvozasiga birinchi bo'limdayoq 3 ta gol urdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Dembele JChda 32 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 4 Fransiya Fransiya

Usman Dembele JCH-2026 3-turidan oʻrin olgan Norvegiyaga (4:1) qarshi bahsning birinchi boʻlimida het-trikka erishdi.

Natijada fransiyalik hujumchi 32 yillik tanaffusdan so'ng Jahon chempionati o'yinining dastlabki bo'limida 3 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Birinchi 45 daqiqada xet-trik qayd etgan oxirgi o'yinchi Oleg Salenko edi. Rossiyalik sobiq hujumchi buni JCh-1994da Kamerun (6:1) bilan bahsda uddalagandi.

Umuman, mundiallarda birinchi bo'limda 3 ta gol urg'an o'yinchilar soni 6 nafarga yetdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar