Bugun
28
O'zbek

Holand: «Asosiy tarkib bilan ham Fransiyani yenga olmasdik»

Futbol
27 iyun, 13:36
Norvegiya hujumchisi bosh murabbiy Stole Solbakkenning qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Holand: «Asosiy tarkib bilan ham Fransiyani yenga olmasdik»
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 4 Fransiya Fransiya

Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand JCH-2026 guruh bosqichida Fransiyadan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Stole Solbakkenni himoya qildi.

Murabbiy Fransiyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibdagi 10 nafar futbolchiga dam bergani uchun keskin tanqidlarga uchragan edi. Holand, Martin Edegor va Antonio Nusa kabi yetakchilar zaxirada qoldirilgan.

«Bu qarorga befarq ekanimni avval ham aytgandim va fikrim o‘zgarmadi. Fransiya baribir kuchliroq jamoa edi. Hatto eng kuchli tarkibimiz bilan ham ularni mag‘lub eta olmasdik», — dedi Holand De Telegraaf nashriga.

O‘z navbatida Solbakken ham qaroridan afsusda emasligini ta’kidladi.

«Men yana shunday qaror qabul qilgan bo‘lardim. Bizning maqsadimiz turnirda imkon qadar uzoqqa borish va buning uchun eng to‘g‘ri deb hisoblagan qarorlarni qabul qilaman. Faqat Erling, Martin va boshqa yulduzlarni ko‘rishni istagan muxlislar oldida o‘zimni aybdor his qilyapman», — dedi murabbiy.

Holand, shuningdek, Fransiya milliy jamoasi tarkibini alohida e’tirof etdi.

«Fransiyada har bir chiziqda jahon darajasidagi futbolchilar bor. Mbappe, Olise, Dembele... Ularning sifati juda yuqori. Ular istalgan jamoa uchun jiddiy muammo tug‘diradi va menimcha, turnirda juda uzoqqa borishadi. Bizga qarshi ko‘rsatgan o‘yinlari dahshatli darajada kuchli edi», — deya qo‘shimcha qildi norvegiyalik hujumchi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar