Bugun, 27 iyun kuni jahon chempionatining I, H va G guruhlaridagi bahslar o'z yakuniga yetdi.
Hozirda musobaqaning pley-off bosqichida aniq bo'lgan juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:
- Germaniya — Paragvay;
- Fransiya — Shvetsiya;
- JAR — Kanada;
- Niderlandiya — Marokash;
- AQSh — Bosniya va Gertsegovina;
- Braziliya — Yaponiya;
- Kot-d'Ivuar — Norvegiya;
- Argentina — Kabo-Verde;
- Avstraliya — Misr.
Ma'lumot o'rnida, 2026 yildagi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tmoqda. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

Foto: Actu Foot