Live
2
O'zbek

Jeyms Angliyaning JChdagi ikki o'yinini o'tkazib yuboradi

Futbol
26 iyun, 18:35
Himoyachi Gana bilan bahsda orqa son mushaklaridan jarohat oldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Jeyms Angliyaning JChdagi ikki o'yinini o'tkazib yuboradi
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi himoyachisi Ris Jeyms orqa son mushaklaridan jarohat olgani sababli Jahon chempionatining kamida ikkita o'yinini o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda The Guardian.

«Chelsi» futbolchisi Ganaga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan bellashuvdan so'ng mushaklarida og'riq sezgan.

26 yoshli Jeyms juma kuni Kanzas-Siti shahrida jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi. Angliya mashg'ulotdan keyin Nyu-Yorkka yo'l oldi, inglizlar u yerda guruh bosqichining so'nggi bahsida Panamaga qarshi maydonga tushadi.

Himoyachi 3-tur o'yinini, shuningdek, 1/16 final bahsini ham o'tkazib yuboradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar