Oʻzbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Kongoga qarshi oʻyinda oq libosda oʻynaydi. Bu haqida OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
«Ertaga, 28 iyun kuni Oʻzbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kongo DRga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Ushbu bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa reglamentiga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Shuningdek, bu uchrashuvda futbolchilarimiz toʻliq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi maʼlum boʻldi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtgandi.