O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Fenerbahçe»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Ajansspor nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub 30 yoshli hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni transfer qilish borasida dastlabki qadamlarni tashlagan.
O'z navbatida «Istanbul Boshaksehir» klubi ham Eldor bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Uning transferidan kamida 15 million yevro talab qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Istanbul klubi fevral oyida Shomurodovni «Roma»dan 5,8 million yevro evaziga to'liq sotib olgandi.
O'tgan mavsumda u Turkiya Superligasining eng yaxshi to'purariga aylandi va 34 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.