Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Turkiya — AQSh (3:2) bahsining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi.
Bellashuv qahramoni Arda Gyuler sovrinni qo‘lga kiritdi. «Real»ning 21 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi o‘yinda dastlabki golni urdi. Bu turkiyliklarning turnirdagi ilk goliga aylandi.
Ma'lumot uchun, Montella jamoasi guruhni 3 ochko bilan 4-o‘rinda yakunladi. AQSh, Avstraliya va Paragvay esa pley-off bosqichi ishtirokchilariga aylandi.