Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella AQSHga qarshi JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turi oldidan futbolchilarni tanqid qilayotganlarga munosabat bildirdi.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, keskin tanqid futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
«Ko‘ryapmizki, futbolchilarimiz qattiq tanqid ostida qoldi va bu ularga ta’sir qildi. Ruhiy jihatga ham e’tibor qaratishimiz kerak.
Agar jamoamizning shu paytgacha ko‘rsatgan o‘yiniga nazar tashlasangiz, ular ko‘proq hurmat va mehrga loyiq ekanini ko‘rasiz.
Rostini aytsam, dastlabki ikki bahs statistikasi ham ko‘p narsani anglatadi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo afsuski, natijaga erisha olmadik.
Natijalar kutganimizdek bo‘lmadi, biroq biz jamoaga kelganimizdan beri o‘yin sifati bo‘yicha eng yaxshi statistik ko‘rsatkichlarga erishdik.
Har qanday vaziyatda ham muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashiga muhtojmiz. AQSHga qarshi bahs biz uchun juda muhim.
Futbolchilarimiz so‘nggi yillarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Biz aynan ular bilan birga shu yo‘lni bosib o‘tdik. Shu bois muxlislardan har qanday sharoitda ham jamoani qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman», — dedi Montella matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Turkiya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida AQSHga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs natijasidan qat’i nazar, turklar D guruhini to‘rtinchi o‘rinda yakunlaydi.