Bosniya va Gersegovina milliy jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Sergey Barbares boshchiligidagi jamoa guruhda 3-o'rinni egallagan holda turnirning keyingi bosqichiga chiqqan ilk jamoaga aylandi. Bosniyaliklar 4 ochko to'plab, o'z guruhida Kanada va Shveysariyadan keyin 3-pog'onani band etdi.
Qayd etish lozim, Bosniya va Gersegovina o'z tarixida ilk bor mundialning pley-off bosqichiga chiqdi. Jamoa bundan avval 2014 yilgi turnirda ishtirok etgan va guruh bosqichini 3-o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqa olmagandi.
Eslatib o'tamiz, bosniyaliklar jahon chempionati yo'llanmasini hal qiluvchi pley-off uchrashuvida Italiya milliy jamoasini mag'lub etgan holda qo'lga kiritgandi.