Bugun
6
O'zbek

Qatar mundiallar tarixidagi avtogollar bo'yicha antirekordni takrorladi

Futbol
25 iyun, 03:10
Jahon chempionatlari tarixida bunday holat faqat ikki marta kuzatilgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Qatar mundiallar tarixidagi avtogollar bo'yicha antirekordni takrorladi
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina 3 : 1 Qatar Qatar

Qatar milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixidagi avtogollar bo'yicha antirekordni takrorladi.

Jamoa futbolchilari mundialda ketma-ket ikki o'yinda o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. Qatarlik futbolchilar guruh bosqichida Kanadaga qarshi bahsda (0:6), so'ng Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda (1:3) o'z darvozalarini ishg'ol qildi.

Jahon chempionatlari tarixida bunday holat faqat ikki marta kuzatilgan. 1966 yildagi mundialda Bolgariya milliy jamoasi ikki marta avtogol urgani bo'lsa, 2018 yildagi jahon chempionatida Rossiya milliy jamoasi futbolchilari ham shunday noodatiy natija qayd etgandi.

Ma'lumot o'rnida, Qatar milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionati guruh bosqichida 1 ochko to'plab, o'z kvartetida so'nggi o'rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina
  • Qatar Qatar
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar