Bosniya hamda Qatar milliy jamoalaridagi bahs hujumchi Edin Jeko uchun yubiley bahsga aylandi.
Unga ko'ra, 40 yoshli futbolchi Bosniya milliy jamoasidagi o'yinlari soni 150 taga yetdi. Jeko bosniyaliklar safidagi mazkur o'yinlarida jami 73 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi milliy jamoga ilk bor 2007 yilda — deyarli 20 yil oldin chaqirilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Jeko o'tgan mavsumni "Shalke"da o'tkazib, "konchilar" Bundesligaga qaytishga muvaffaq bo'ldi.
JCH-2026. 3-tur
Bosniya - Qatar 2:1
Gollar: Alaibegovich 29, Al Burayk 34 avtogol - Haydos 43