Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning JCH-2026dagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi.
33 yoshli futbolchi Shotlandiyaga qarshi guruh bosqichining 3-tur bahsida zaxiradan maydonga tushib, 12 daqiqa harakat qildi. Braziliya ushbu bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Neymar maydonga tushish imkoniyatini bunga munosib bo‘lgani uchun oldi. U tiklanish jarayonida juda ko‘p mehnat qildi va yuqori darajadagi professionallik namoyish etdi», — dedi Anchelotti.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Braziliya milliy jamoasi 7 ochko bilan C guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Marokash ham 7 ochko jamg‘ardi, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda qoldi.
Ma’lumot uchun, Neymar jarohatdan tiklanganidan keyin aynan Shotlandiyaga qarshi bahsda JCH-2026dagi ilk daqiqalarini o‘tkazdi. Braziliya milliy jamoasi esa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi.