Bugun
6
O'zbek

«Arsenal» Gokereshni «Atletiko»ga qo‘yib yubormaydi

Futbol
25 iyun, 07:40
Shvetsiyalik hujumchi London klubining rejalarida muhim o‘rin tutmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Arsenal» Gokereshni «Atletiko»ga qo‘yib yubormaydi
Foto: Getty Images

«Arsenal» hujumchisi Viktor Gokeresh Madridning «Atletiko» klubiga o‘tmaydi.

CaughtOffside xabariga ko‘ra, «to'pchilar» shvetsiyalik futbolchini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Avvalroq Gokeresh Xulian Alvares ishtirokidagi ehtimoliy almashinuv bitimiga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Biroq manbaga ko‘ra, 28 yoshli forvard hali ham «Arsenal»ning uzoq muddatli rejalaridan o‘rin olgan va klub u bilan xayrlashmoqchi emas.

Gokeresh o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 55 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta assist muallifi bo‘ldi.

Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Viktor Gokeresh yozgi transferlar oynasida bir necha top-klublar qiziqish bildirayotgan futbolchilardan biri sanaladi. Shunga qaramay, «Arsenal» hujumchini jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida saqlab qolishni maqsad qilgan.

Bugungi yangiliklar