«Inter Mayami» «Barselona» bilan Joan Gamper kubogi doirasidagi ehtimoliy o‘rtoqlik bahsi yuzasidan muzokaralar olib borilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Avvalroq Ispaniya OAVida Lionel Messi jamoasi 2027 yilda an’anaviy mavsumoldi turniri — Joan Gamper kubogida «Barselona»ning raqibi bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Biroq «Inter Mayami» vakillari ushbu masala bo‘yicha klublar o‘rtasida na rasmiy, na norasmiy muzokaralar o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Shu tariqa, Lionel Messining «Kamp Nou»ga qaytishi haqidagi taxminlar hozircha faqat nazariy ehtimol bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Joan Gamper kubogi «Barselona»ning an’anaviy mavsumoldi turniri hisoblanadi. Lionel Messi 2004–2021 yillar davomida Kataloniya klubi safida to‘p tepgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.