Bugun
6
O'zbek

«Real» Olise uchun jahon transfer rekordini yangilashga tayyor

Futbol
25 iyun, 08:45
Madrid klubi «Bavariya» yulduzi uchun 222 million yevrodan ham ko‘proq taklif qilishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Olise uchun jahon transfer rekordini yangilashga tayyor
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni transfer qilish uchun jahon rekordini yangilashga tayyor.

Jurnalist Migel Serrano xabariga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres fransiyalik futbolchini har qanday holatda ham Madridga olib kelishni maqsad qilgan.

Manbaga ko‘ra, «Real» dastlab 180 million yevrolik taklif bilan chiqadi. Agar bu rad etilsa, ikkinchi taklif 200 million yevroni tashkil qiladi. U ham qabul qilinmasa, madridliklar 222 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilib, jahon transfer rekordini yangilashga tayyor.

Hozirgi rekord 2017 yilda «PSJ» tomonidan Neymar uchun «Barselona»ga to‘langan 222 million yevroga tegishli.

24 yoshli Olise o‘tgan mavsum «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta assist amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2025/26 yilgi mavsumning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘ldi. U Bundesliga va Yevropa futbolidagi eng talabgir vingerlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar