«Arsenal» himoyachi Pero Inkapening transferini rasman yakunladi.
London klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «kanonirlar» 24 yoshli futbolchini sotib olish huquqidan foydalandi. Shu tariqa, ekvadorlik himoyachi 2026 yil 1 iyuldan boshlab «Arsenal»ning to‘laqonli futbolchisiga aylanadi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 52 million yevroni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Inkape 2025 yil sentyabr oyida Leverkuzenning «Bayer» klubidan ijara asosida «Arsenal»ga o‘tgandi.
2025/26 yilgi mavsumda u London klubi safida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasi chempioniga aylangan. Inkape jamoaning chempionlik mavsumida asosiy himoyachilardan biri bo‘ldi.