Bugun
6
O'zbek

"Arsenal" yaqin haftalarda Rojers bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi

Futbol
22 iyun, 01:05
Barchasi "Aston Villa" talab qiladigan summaga bog‘liq bo‘ladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Arsenal" yaqin haftalarda Rojers bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi
Foto: Getty Images

"Arsenal" "Aston Villa" hujumkor yarimhimoyachisi Morgan Rojers bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda HandofArsenal xabar berdi.

"To‘pchilar" yaqin haftalarda "sherlar" bilan rasmiy muzokaralarni boshlash niyatida. London grandi 23 yoshli futbolchini transfer qilishga jiddiy kirishmoqchi.

Barchasi "Aston Villa" talab qiladigan summaga bog‘liq bo‘ladi. Futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishish esa qiyinchilik tug‘dirmaydi deb hisoblanmoqda.

Transfermarkt portali Rojersning narxini 90 million yevro atrofida baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq Rojers Yevropa Ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar