«Arsenal» «Aston Villa» va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Morgan Rojersni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, birminghemliklar 23 yoshli futbolchi uchun 85 million funt sterling talab qiladi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya lagerida bo‘lib turgan «Arsenal» yarimhimoyachisi Deklan Rays Rojersni London klubiga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, «Aston Villa» moliyaviy feyr-pley talablariga rioya qilish uchun ayrim futbolchilarini sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Biroq Rojersning uzoq muddatli shartnomasi klubning muzokaralardagi pozitsiyasini kuchaytirmoqda.
2025/26 yilgi APL mavsumida Morgan Rojers 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
23 yoshli futbolchi Angliyaning eng istiqbolli yarimhimoyachilaridan biri sifatida baholanmoqda va uning transferi yozgi transfer bozoridagi eng qimmat bitimlardan biriga aylanishi mumkin.