Live
6
O'zbek

«Real» Olise uchun yaqin haftalarda rasmiy taklif yuboradi

Futbol
21 iyun, 11:49
Madrid klubi fransiyalik vinger bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Olise uchun yaqin haftalarda rasmiy taklif yuboradi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Bavariya» hujumchisi Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan voz kechgani yo‘q. Klub yaqin ikki-uch hafta ichida futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Defensa Central nashri jurnalist Migel Serrano ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Qizig‘i, bundan bir necha kun avval «Qirollik klubi» Olise va uning vakillari bilan hech qanday aloqa bo‘lmaganini rasman ma’lum qilgan edi. Biroq manbaga ko‘ra, bu transfer bo‘yicha ishlar baribir davom etmoqda.

Xabarda aytilishicha, JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng «Bavariya» rahbariyati futbolchi bilan uchrashib, uning kelajagi borasidagi pozitsiyasini aniqlashtirmoqchi. Myunxenliklar Olise haqiqatan ham «Real»ga o‘tishni xohlayaptimi yoki Germaniyada qolishga tayyormi — shuni bilib olishni rejalashtirgan.

Shuningdek, manba 2021 yilda Kilian Mbappe masalasida ham «Real» shunga o‘xshash bayonot berganini eslatadi. O‘shanda madridliklar «PSJ» hujumchisi bilan aloqalar yo‘qligini bildirgan, ammo keyinchalik transfer ustidagi ishlar davom etgani ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Maykl Olise o‘tgan mavsum «Bavariya» safida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta assist qayd etgan. U hozirda JCH-2026da Fransiya milliy jamoasi safida ishtirok etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar