Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal jahon chempionatlaridagi ilk goliga mualliflik qildi.
18 yoshli futbolchi JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi. Yamal 10-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mundialdagi debyut golini nishonladi.
Bu uchrashuv Yamal uchun yana bir muhim voqea bilan ajralib turdi. Yosh futbolchi ilk bor jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi va darhol o‘z nomini tabloga yozdirishga muvaffaq bo‘ldi.
Birinchi bo‘limning o‘zida ispanlar katta ustunlikka erishdi. Mikel Oyarzabal 21 va 24-daqiqalarda yana ikki bor gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, ilk turda Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda esa Yamalning goli jamoaga muhim ustunlikni taqdim etdi.