Belgiya milliy jamoasi ustozi Rudi Garsiya 2-tur doirasidagi Eronga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bahs 21 iyun kuni 23:59da start oladi.
«Biz Eronni odatdagidek chuqur tahlil qilmadik, sababi bu jamoani o‘rtoqlik o‘yinlarini kuzatish u qadar oson emas. Ammo biz ularning saralashda bosib o‘tgan yo‘lini va JCHdagi Yangi Zelandiya bilan bahsni tomosha qildik. Biz Osiyo jamoalarini u qadar sinchkovlik bilan kuzatmaymiz, lekin hamma [Mexdi] Taremini (Gretsiyaning «Olimpiakos» tahrir.) taniydi», — deya Garsiya so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun G guruhi 1-turida Belgiya Misr bilan durang (1:1) o‘ynadi, Eron milliy jamoasi esa Yangi Zelandiyani yenga olmadi (2:2).