Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionatlaridagi 4 bahsdan iborat g‘alabasiz seriyasini yakunladi.
JCH–2026 guruh bosqichi 2-turida Luis de la Fuente shogirdlari Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida taslim etdi. Shu tariqa ispanlar mundialdagi so‘nggi 5 bahsda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya ushbu turnirning 1-turida Kabo-Verde bilan golsiz durang o‘ynagandi. Bundan avval esa JCH–2022 doirasida Germaniya bilan 1:1 hisobini qayd etgan, Yaponiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan va nimchorakfinalda Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi (asosiy vaqt — 0:0, penaltilar — 0:3).
Ma'lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi guruh bosqichidagi navbatdagi bahsini 27 iyun kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.