Ispaniya milliy jamoasi rasmiy musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 ta bahsgacha uzaytirdi.
JCH–2026 guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistoni ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng Luis de la Fuente shogirdlari 26 g‘alaba va 7 durangdan iborat natijani qayd etdi.
Ispaniya milliy jamoasining rasmiy o‘yinlardagi so‘nggi mag‘lubiyati 2023 yilning mart oyida Yevro–2024 saralashi doirasida Shotlandiyaga qarshi bahsda kuzatilgan. O‘shanda ispanlar 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Shu tariqa Ispaniya milliy jamoasi 1993–1998 yillar oralig‘ida qayd etilgan Braziliya rekordini takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu statistikada o‘rtoqlik bahslari va penaltilar seriyasidagi natijalar inobatga olinmaydi.
Ma'lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi 2025 yilda Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan (asosiy vaqt — 2:2, penaltilar — 3:5). Shuningdek, 2024 yildagi o‘rtoqlik bahsida Kolumbiyaga 0:1 hisobida yutqazgan, biroq bu natijalar mazkur rekord seriyaga ta'sir qilmaydi.