Bugun
20
O'zbek

Liga kubogi. «Tottenhem» «Charlton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
26 avgust, 16:56
Londonliklar 2-bosqich bahsida 5:1 hisobida g‘alaba qozondi, Savio esa gol va golli uzatma bilan ajralib turdi.
Liga kubogi. «Tottenhem» «Charlton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images

Angliya Liga kubogining 2-bosqichida «Tottenhem» o‘z maydonida «Charlton»ni qabul qilib, 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

«Tottenhem» safida Mayki Mur 41-daqiqada hisobni ochdi. Tanaffus arafasida Dominik Solanke ikkinchi golni urdi. 67-daqiqada Kevin Danso londonliklarning ustunligini yanada oshirdi.

82-daqiqada «Tottenhem»ning yangi futbolchisi Savio jamoasi safidagi ilk golini urdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, braziliyalik vinger Ben Devisning goliga assistentlik qildi. «Charlton» 87-daqiqada Lloyd Jonsning goli bilan javob qaytardi.

Angliya. Liga kubogi. 2-bosqich
Tottenhem - Charlton 5:1
Gollar: Mur 41, Solanke 45, Danso 67, Savino 82, Devis 85 - Jons 87.

Tottenhem: Antonin Kinski, Arri Grey, Yan-Paulu van Hekke (Mikki van de Ven, 64), Ben Devis, Destiny Udoji (Kevin Danso, 65), Lukas Bergvall, Rodrigo Bentankur (Pedro Porro, 65), Mateush Fernandes, Matiss Tel (Luka Uilyams-Barnett, 78), Dominik Solanke (Savio, 71), Mayki Mur.
Charlton: Ternan Bruks, Shichendje Kollinz (Denni Maknamara, 15), Billi Kumetio (Lloyd Jons, 15), Ivan Mesik, Neytan Asimwe, Harvi Nibbs (Alan Mvamba, 66), Timoti Ouma (Maylz Libyorn, 66), Robert Apter, Greg Doherti, Millenik Alli (Jo Rankin-Kostello, 66), Mika Mbik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Charlton Charlton
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar