«Deportivo» klubi ispaniyalik hujumchi Adama Traore bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub 30 yoshli fubolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Tomonlar barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini kutmoqda.
Traorening so‘nggi jamoasi «Vest Hem» klubi bo‘lgandi. Hozirda u jamoani tark etib, erkin agent maqomida La Ligaga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Adama «bolg‘achilar» safida APL doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagandi.